Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan g`ofil, deb gumon qilma. Faqatgina, ularni ko`zlar qotib qoladigan kungacha qo`yib qo`yadir, xolos. Ibrahim 14:42 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Alloh zolimlarni jazolamayotganini koʻrib, ularning haqni tan olmaslik, Allohning yoʻlidan toʻsish kabi ishlaridan bexabar ekan, deb oʻylamang. Alloh hammasini koʻrib-bilib turibdi. U Zotga hamma narsa ayon. Biron narsa yashirin emas. Faqat ularni azoblashni Qiyomat kuniga qoldiryapti. U kunda koʻzlar dahshatdan qotib qoladi.