Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ibrohim — Oyat 9 (Oʻzbekcha) — Video

Ibrohim • Oyat 52 dan 9 • Oʻzbekcha


أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَأُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ ۛ وَالَّذِينَ مِنْ بَعْدِهِمْ ۛ لَا يَعْلَمُهُمْ إِلَّا اللَّهُ ۚ جَاءَتْهُمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ فَرَدُّوا أَيْدِيَهُمْ فِي أَفْوَاهِهِمْ وَقَالُوا إِنَّا كَفَرْنَا بِمَا أُرْسِلْتُمْ بِهِ وَإِنَّا لَفِي شَكٍّ مِمَّا تَدْعُونَنَا إِلَيْهِ مُرِيبٍ 9
Tarjima:
Sizga o`zingizdan oldin o`tgan Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyingilarning, Allohdan o`zga hech kim bilmaydiganlarning xabari kelmadimi? Ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ular esa, qo`llarini og`izlariga qo`yib: «Biz siz bizni chaqirayotgan narsada shubhalantiruvchi shakdadirmiz!» dedilar. Ibrohim 14:9
Tafsir:
Ey kofirlar, sizlarga ilgari oʻtgan haqni tan olmagan ummatlarning halokatga uchraganlari haqidagi xabar kelmadimi? Nuh qavmi, Hud qavmi Od, Solih qavmi Samud va ulardan keyinroq kelganlarki, sonini Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi. Ularga paygʻambarlarimiz yorqin dalillarni keltirdilar. Ular esa paygʻambarlarning ogʻzilariga qoʻllarini qoʻyib, hasad oʻtida yonib dedilar: "Biz sizlar olib kelgan dinga kufr keltirdik. Biz sizlar davat qilayotgan din borasida shak-shubhadadirmiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ibrohim • Oyat 8 Keyingi Ibrohim • Oyat 10