Batahqiq, Biz osmonlarda burjlar qilib qo`ydik va uni nazar soluvchilar uchun ziynatlab qo`ydik. Hijr 15:16 ⧉
Tafsir:
Biz osmonda ulkan-ulkan yulduzlarni yaratdik. Odamlar quruqligu dengizda qorongʻu kechalarda safar qilsalar, ular orqali yoʻllarini topib oladilar. Ularga qarab, tomosha qiladiganlar uchun ularni bezab, chiroyli qilib qoʻydik. Toki, ulardan Allohning qudratini koʻrsatuvchi dalillarni topsinlar.