Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni serob qildik. Sizlar uni to`plab oluvchi emassiz. Hijr 15:22 ⧉
Tafsir:
Shamollarni bulutlarni urchitadigan qilib yubordik. Urchitilgan bulutlardan yomgʻir yogʻdirib, sizlarni sugʻordik. Ey odamlar, sizlar u suvlarni buloqlar yoki quduqlarda toʻplab olishingiz shart emas. Allohning Oʻzi uni sizlarga toʻplab beradi.