Ularni tek qo`y, yeb-ichib, huzurlanib, umidlar ila mashg`ul bo`lib yuraversinlar. Bas, tezda bilurlar. Al-Hijr 15:3 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi haqni tan olmayotganlarni tek qoʻyavering. Hayvonlar kabi yeb-ichib, dunyo lazzatlaridan huzur qilib, orzu-havaslarga berilib, iymon va solih amaldan begonalashib yuraversinlar. Yaqinda Qiyomat kuni Allohga roʻbaroʻ kelganlarida bu ishlari bilan naqadar katta zarar koʻrganlarini bilib oladilar.