Ular uning huzuriga kirganlarida: «Salom», dedilar. U: «Albatta, biz sizlardan qo`rqmoqdamiz», dedi. Al-Hijr 15:52 ⧉
Tafsir:
Farishtalar Ibrohimning oldiga kirib: "Salom", deganlarida ularning salomidan goʻzalroq tarzda alik oldi va ularga pishirilgan buzoqning goʻshtini olib keldi. Chunki ularni odamlar, deb oʻylagandi. Ular esa taomni yemadilar. Shunda Ibrohim: "Biz sizlardan qoʻrqyapmiz", dedi.