Biz osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni haq ila yaratdik. Albatta, qiyomat kelguvchidir. Bas, sen go`zal shaklda yuz o`gir. Al-Hijr 15:85 ⧉
Tafsir:
Biz osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni hech bir hikmatsiz, bekorga, shunchaki yaratmadik. Ularning hammasini haq bilan yaratdik. Qiyomat kelishiga shak-shubha yoʻq. Shunday ekan, ey Paygʻambar, sizni yolgʻonchiga chiqarayotganlardan chiroyli tarzda yuz oʻgiring, ularni yaxshilik bilan kechirib qoʻyavering.