Allohning amri keldi. Bas, uning tezroq kelishini talab qilmay qo`ya qoling. U zot ular keltirayotgan shirklardan pok va oliy bo`ldi. An-Nahl 16:1 ⧉
Tafsir:
Ey kofirlar, Allohning sizlarni jazolash haqidagi hukmi yaqinlashdi. Uni vaqti kelmasidan oldin shoshiltirmanglar. Alloh mushriklar keltirayotgan shirklardan Pok va Oliydir.