So`ngra, senga: «Ibrohimning haqqa moyil millatiga ergash. U mushriklardan bo`lmagan edi», deb vahiy qildik. An-Nahl 16:123 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, keyin sizga shunday vahiy qildik: "Tavhid, mushriklardan yuz oʻgirish, Allohga davat qilish, U Zotning shariatiga amal qilish, boshqa dinlardan yuz oʻgirib, faqat Islom diniga boʻysunish borasida Ibrohimning diniga ergashing. U hech qachon mushriklardan boʻlmagan, u har doim Allohga tavhid uzra ibodat qilgan".