Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 125 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 125 • Oʻzbekcha


ادْعُ إِلَىٰ سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ ۖ وَجَادِلْهُمْ بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنْ ضَلَّ عَنْ سَبِيلِهِ ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ 125
Tarjima:
Robbingning yo`liga hikmat va yaxshi mav'iza ila da'vat qil. Va ular ila go`zal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing O`z yo`lidan adashganlarni o`ta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham o`ta bilguvchidir. An-Nahl 16:125
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Islom diniga oʻzingiz va moʻminlar odamlarning ahvoliga, tushunishiga, boʻysunishiga qarab, hikmat bilan hamda qiziqtirish va ogohlantirish uslubidagi chiroyli nasihat ila davat etinglar. Ular bilan eng goʻzal tarzda fikriy mujodala qilinglar. Odamlarni yoʻlga solish sizning vazifangiz emas. Sizning vazifangiz yetkazib qoʻyish, xolos. Albatta, Parvardigoringiz Islom dinidan adashganni ham bilguvchiroq, hidoyat topib, musulmon boʻlganlarni ham bilguvchiroq Zotdir. Shunday ekan, siz oʻzingizni qiynamang.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 124 Keyingi An-Nahl • Oyat 126