Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 14 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 14 • Oʻzbekcha


وَهُوَ الَّذِي سَخَّرَ الْبَحْرَ لِتَأْكُلُوا مِنْهُ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُوا مِنْهُ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا وَتَرَى الْفُلْكَ مَوَاخِرَ فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا مِنْ فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 14
Tarjima:
U dengizni siz undan toza go`sht yeyishingiz, undan taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishingiz uchun, unda (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko`rasan, hamda Uning fazlini talab qilishingiz uchun xizmatkor qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz. An-Nahl 16:14
Tafsir:
U shunday Zotki, sizlarga dengizni boʻysundirib, unda yurish va ichidagi kerakli narsalarni chiqarib olish imkonini berdi. Toki, undan yangi goʻsht - baliqni tutib yeysiz, yana undan oʻzingiz, ayollaringiz taqadigan taqinchoqlarni, duru gavharlarni chiqarib olasiz. Koʻrasizki, kema suvni yorib yuradi. U Zotning fazlidan umid qilib, savdolaringiz baroridan kelishini soʻrab, kemalarga minasizlar. Shoyadki, Allohga bergan nematlari uchun shukr qilib, yolgʻiz Ungagina bandalik qilsangizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 13 Keyingi An-Nahl • Oyat 15