Agar Allohning ne'matlarini sanasangizlar, sanog`iga yeta olmassizlar. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir. An-Nahl 16:18 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, Allohning sizlarga ato etgan nematlarini sanashga urina koʻrmanglar. Baribir uning sanogʻiga yeta olmaysizlar. Chunki ular son-sanoqdan koʻp va xilma-xildir. Alloh Magʻfiratli Zotdirki, shukr qilmay turgan paytingizda toʻsatdan sizni jazolamaydi. Oʻzingizga kelish olishingizga fursat beradi. Alloh Mehribondirki, gunohlaringiz va nonkoʻrligingiz tufayli sizlardan nematlarini qisib qoʻymaydi.