Ilohingiz yagona ilohdir. Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari inkor qiluvchidir, o`zlari esa mutakabbirdirlar. An-Nahl 16:22 ⧉
Tafsir:
Chin mabudingiz Allohdir. Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir. Qayta tirilishga ishonmaydigan kimsalarning qalblari oxiratdan qoʻrqmaganlari tufayli Allohning tavhidini inkor qilib turaveradi. Ular hisob-kitobga ham, amalga yarasha jazo yoki mukofot olishiga ham ishonmaydilar. Ular haqni qabul qilmaydigan va unga boʻysunmaydigan mutakabbirlardir.