Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 30 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 30 • Oʻzbekcha


وَقِيلَ لِلَّذِينَ اتَّقَوْا مَاذَا أَنْزَلَ رَبُّكُمْ ۚ قَالُوا خَيْرًا ۗ لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا فِي هَٰذِهِ الدُّنْيَا حَسَنَةٌ ۚ وَلَدَارُ الْآخِرَةِ خَيْرٌ ۚ وَلَنِعْمَ دَارُ الْمُتَّقِينَ 30
Tarjima:
Va taqvo qilganlarga: «Robbingiz nimani nozil qildi?», deyildi. Ular: «Yaxshilikni», dedilar. Chiroyli amallar qilganlar uchun bu dunyoda chiroyli (mukofot) bordir. Albatta, oxirat diyori yaxshiroqdir. Robbilarining diyori naqadar yaxshi. An-Nahl 16:30
Tafsir:
Pavardigorlaridan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilgan zotlarga: "Parvardigoringiz paygʻambaringiz Muhammad alayhissalomga nimani nozil qildi?", deyildi. "Alloh unga buyuk ezgulikni nozil qildi", deb javob berdilar. Allohga ibodat qilish va bandalar bilan yaxshi muomalada boʻlish kabi yaxshi amallarni qilgan odamlarga shu dunyoning oʻzida ham yaxshiliklar boʻladi. Gʻalaba va moʻl rizq shular jumlasidan. Lekin ular uchun Allohning oxiratda tayyorlab qoʻygani bu dunyodagisidan ancha yaxshiroqdir. Parvardigorlaridan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qiladigan zotlarning oxiratdagi maskani naqadar yaxshi!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 29 Keyingi An-Nahl • Oyat 31