Biz sendan oldin ham faqat er kishilarni yuborib, ularga vahiy qilganmiz. Agar bilmaydigan bo`lsangiz, zikr ahllaridan so`ranglar. An-Nahl 16:43 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizdan oldin ham farishtalarni (yoki ayollarni) emas, faqat erkaklarni paygʻambar qilib yuborganmiz va ularga vahiy qilganmiz. Bizning umumiy qonuniyatimiz mana shu. Buni inkor qiladigan boʻlsangizlar, oldingi oʻtgan ahli kitoblardan soʻranglar. Oʻshalar sizlarga paygʻambarlar farishta emas, odam boʻlganini aytib beradilar.