Axir ular Alloh yaratgan har bir narsaning soyalari o`ngga, chapga moyil bo`lib, Allohga sajda qilib yotganini va ular bo`ysunuvchi ekanini ko`rmaydilarmi?! Nahl 16:48 ⧉
Tafsir:
Anavi haqni tan olmayotganlar Allohning maxluqotlari haqida fikr yuritmaydilarmiki, ularning soyalari quyoshning harakatiga qarab oʻngu soʻlga moyil boʻladi, kechasi esa oyga qarab oʻzgaradi. Hammalari Parvardigorlariga haqiqiy sajda qilib, egilib turadilar.