Ularga bergan narsalarimizga kufr keltirurlar. Bas, huzurlanib turinglar, tezda bilursiz. Nahl 16:55 ⧉
Tafsir:
Allohga shirk keltirganlari tufayli U Zot ato etgan nematlarga nonkoʻrlik qiladilar. Baloni aritish oʻsha nematlar jumlasidandir. Shuning uchun ularga aytilyaptiki, oʻzingizga ato etilgan nematlardan foydalanib turaveringlar-chi. Tezda yo keyinroq Allohning azobi ham kelib qoladi.