Unga berilgan xushxabarning yomonligidan (uyalib) qavmidan berkinur. U(qiz)ni xorlik-la olib qolsamikin yoki tuproqqa ko`msamikin? Ogoh bo`ling! Ular qilgan hukm naqadar yomon. An-Nahl 16:59 ⧉
Tafsir:
Qiz tugʻilgani haqidagi xabardan nomus qilib, odamlardan yashirinib oladi. Oʻziga oʻzi, xorlikni boʻynimga olib, uni olib qolsammikin yoki tiriklayin koʻmib yuborsammikin, deydi-da, keyin koʻmib yuboradi. Mushriklarning hukmi, qarori naqadar manfur! Oʻzlari yoqtirmagan narsani Parvardigorlariga berar emishlar.