Alloh sizni onalaringiz qornidan hech narsa bilmaydigan holingizda chiqardi. U sizga quloq, ko`zlar va dillarni berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz. An-Nahl 16:78 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, homilaning vaqti-soati kelganda Alloh sizlarni onalaringizning qorinlaridan chiqardi. U paytda sizlar hech narsani sezmagansizlar. Keyin sizlarga eshitishingiz uchun quloqni, koʻrishingiz uchun koʻzlarni va aql yuritishingiz uchun dillarni berdi. Shoyadki, shunda bergan nematlariga shukr qilsangizlar.