Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 86 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 86 • Oʻzbekcha


وَإِذَا رَأَى الَّذِينَ أَشْرَكُوا شُرَكَاءَهُمْ قَالُوا رَبَّنَا هَٰؤُلَاءِ شُرَكَاؤُنَا الَّذِينَ كُنَّا نَدْعُو مِنْ دُونِكَ ۖ فَأَلْقَوْا إِلَيْهِمُ الْقَوْلَ إِنَّكُمْ لَكَاذِبُونَ 86
Tarjima:
Va shirk keltirganlar o`zlarining «sherik»larini ko`rgan chog`larida: «Ey Robbimiz, anavilar bizning Sendan o`zga ibodat qilgan «sherik»larimiz», derlar. Bas, u(sherik)lar bularga: «Albatta, sizlar yolg`onchidirsizlar», deb so`z tashlarlar. An-Nahl 16:86
Tafsir:
Oxiratda mushriklar oʻzlarining butlarini koʻrib: "Parvardigoro, anavilar butlarimiz edi, Seni qoʻyib, oʻshalarga ibodat qilardik", deydilar. Shu bilan oʻzlarining gunohlarini ularning boʻyniga yuklamoqchi boʻladilar. Shunda Alloh oʻsha butlarga til ato etadi va ular: "Ey mushriklar, sizlar yolgʻonchilarsiz, Allohning hech qanday sherigi yoʻq", deya raddiya bildiradilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 85 Keyingi An-Nahl • Oyat 87