Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 92 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 92 • Oʻzbekcha


وَلَا تَكُونُوا كَالَّتِي نَقَضَتْ غَزْلَهَا مِنْ بَعْدِ قُوَّةٍ أَنْكَاثًا تَتَّخِذُونَ أَيْمَانَكُمْ دَخَلًا بَيْنَكُمْ أَنْ تَكُونَ أُمَّةٌ هِيَ أَرْبَىٰ مِنْ أُمَّةٍ ۚ إِنَّمَا يَبْلُوكُمُ اللَّهُ بِهِ ۚ وَلَيُبَيِّنَنَّ لَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مَا كُنْتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ 92
Tarjima:
To`qigani kuchli bo`lgandan so`ng uni so`kib yuborgan xotinga o`xshab, bir ummat boshqa ummatdan ziyodroq bo`lgani uchun, qasamlaringizni orangizga aldov vositasi qilib olmang. Albatta, bu bilan sizni Alloh sinamoqda, xolos. Albatta, U qiyomat kuni nima haqida ixtilof qilganingizni bayon qilib berur. An-Nahl 16:92
Tafsir:
Narsasini pishiq-puxta toʻqiganidan keyin uni soʻkib-chuvab yuborgan, oʻziga battar ish oshirgan xotin kabi sizlar ham puxta bogʻlangan ahdlarni buzib, yengiltak ovsarga aylanib qolmangiz. Oʻz ummatingiz dushman ummatidan kuchliroq, afzalroq boʻlishi uchun ahd-paymonlaringizni bir aldov vositasi qilib olmangiz. Alloh sizlarning ahdga vafo qilish yoki qilmasligingizni sinayapti, xolos. Qiyomat kuni Alloh shu dunyoda ixtilof qilib oʻtgan ishlaringizni tushuntirib, oydinlashtirib berur. Oʻshanda haq bilan nohaq, rost bilan yolgʻon ajralib qolur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 91 Keyingi An-Nahl • Oyat 93