Va Qur'onni odamlarga asta-sekin o`qib berishing uchun bo`lib qo`ydik va bo`lak-bo`lak qilib tushirdik. Isro 17:106 ⧉
Tafsir:
Quronni odamlarga asta-asta, shoshilmay oʻqib berishingiz uchun boʻlaklarga ajratdik, tafsiloti bilan bayon qildik va uni boʻlib-boʻlib nozil qildik. Toki, uni tushunish, tadabbur qilish imkoni boʻlsin. Uni hodisalar va holatlarga qarab, haq bilan botilni ajratib beradigan qilib, haq yoʻlni koʻrsatib beradigan qilib nozil qildik.