Va: «Robbimiz mutlaqo pok bo`ldi. Shubhasiz, Robbimizning va'dasi amalga oshajak», derlar. Al-Isra 17:108 ⧉
Tafsir:
Sajdalarida shunday deydilar: "Parvardigorimiz vadaga xilof qilish kabi nuqsonlardan pok. Muhammad alayhissalomni paygʻambar qilib yuborish haqidagi vadasi amalga oshdi. Parvardigorimizning hamma-hamma vadalari amalga oshishi muqarrar".