Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 18 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 18 • Oʻzbekcha


مَنْ كَانَ يُرِيدُ الْعَاجِلَةَ عَجَّلْنَا لَهُ فِيهَا مَا نَشَاءُ لِمَنْ نُرِيدُ ثُمَّ جَعَلْنَا لَهُ جَهَنَّمَ يَصْلَاهَا مَذْمُومًا مَدْحُورًا 18
Tarjima:
Kim shoshgan(dunyo)ni istasa, unga bu dunyoda iroda qilgan kishimizga nimani xohlasak, shoshilinch berurmiz. So`ngra, unga jahannamni berurmiz. Unga xor va quvg`inga uchragan holda kirur. Isro 17:18
Tafsir:
Kim oxiratni oʻylaymay, parvosiga ham keltirmay, oʻzining qilgan yaxshi amallari bilan shu dunyo hayotini koʻzlagan boʻlsa, unga oʻzi istagan emas, Oʻzimiz istagan nematlarni shu dunyoda ato eturmiz. Keyin unga jahannamni tayin qilurmiz. Oxiratga kufr keltirib, dunyoni tanlagani tufayli qiyomat kuni xor boʻlgan, Allohning rahmatidan quvilgan holda doʻzaxga kirur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 17 Keyingi Isro • Oyat 19