Robbingiz sizlarga o`g`illarni xos qilib berib, farishtalarni O`ziga qiz qilib oldimi? Albatta, sizlar zo`r gapni aytmoqdasiz. Isro 17:40 ⧉
Tafsir:
Ey farishtalarni Allohning qizlari deb davo qilayotganlar, ey mushriklar, Parvardigoringiz sizlarga erkaklarni xoslab berib, Oʻziga farishtalarni qiz qilib olibdimi? Alloh sizlar aytayotgan bu gaplardan Oliydir. Sizlar Alloh haqida oʻta manfur gapni aytyapsizlar.