Unga yetti osmonu yer va ulardagi kimsalar tasbih aytur. Uning hamdi ila tasbih aytmagan hech bir narsa yo`q. Lekin ularning tasbihini anglamaysizlar. Albatta, u haliym va sermag`firat Zotdir. Isro 17:44 ⧉
Tafsir:
Allohga osmonlar ham, zamin ham, ulardagi mavjudotlar ham tasbeh aytadi. Allohga hamd, tasbeh aytmaydigan biron mavjudot yoʻq. Lekin ularning qanday tasbeh aytishlarini sizlar anglay olmaysizlar. Sizlar faqat til bilan aytilgan tasbehnigina tushunasizlar. Alloh Halim Zotdirki, tez jazolab yubormaydi. U tavba qilgan bandasi uchun Magʻfiratli Zotdir.