Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 51 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 51 • Oʻzbekcha


أَوْ خَلْقًا مِمَّا يَكْبُرُ فِي صُدُورِكُمْ ۚ فَسَيَقُولُونَ مَنْ يُعِيدُنَا ۖ قُلِ الَّذِي فَطَرَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ۚ فَسَيُنْغِضُونَ إِلَيْكَ رُءُوسَهُمْ وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هُوَ ۖ قُلْ عَسَىٰ أَنْ يَكُونَ قَرِيبًا 51
Tarjima:
Yoki ko`ngillaringizda katta ko`ringan boshqa biron maxluq (bo`lib olinglar)», deb ayt. Bas, ular: «Bizni kim qayta tiriltirur», derlar. Sen:«Sizlarni birinchi marta yo`qdan bor qilgan Zot», degin. Ular senga boshlarini qimirlaturlar va: «U qachon bo`lur?» derlar, Sen:«Shoyad yaqinda bo`lsa», degin. Isro 17:51
Tafsir:
"Yoki hatto tasavvuringizga ham sigʻmaydigan bir ulkan maxluq boʻlib olinglar. Oʻshanda ham Alloh sizlarni qayta tiriltiradi". Sarkashlar yana soʻraydilar: "Oʻlganimizdan keyin bizni kim tiriltiradi?" Ayting: "Ilk bor sizlarni yoʻqdan bor qilgan Zot". Shunda boshlarini masxaraomuz sarak-sarak qilib, deydilar: "Bu ish qachon sodir boʻladi?" Ularga ayting: "Zora, yaqinda boʻlib qolsa. Har bir boʻladigan ish yaqinda boʻladi".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 50 Keyingi Isro • Oyat 52