Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Isro — Oyat 54 (Oʻzbekcha) — Video

Isro • Oyat 111 dan 54 • Oʻzbekcha


رَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِكُمْ ۖ إِنْ يَشَأْ يَرْحَمْكُمْ أَوْ إِنْ يَشَأْ يُعَذِّبْكُمْ ۚ وَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ وَكِيلًا 54
Tarjima:
Robbingiz sizlarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Xohlasa, sizga rahim qilar, xohlasa sizni azoblar. Va Biz seni ular ustidan qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q. Isro 17:54
Tafsir:
Ey odamlar, sizlarni Parvardigoringiz juda yaxshi biladi. Hech bir ishingiz U Zotdan yashirin boʻla olmaydi. Xohlasa, sizlarga rahm qilib, iymon keltirish va solih amal qilishga tavfiq beradi. Xohlasa, kofir holingizda joningizni olib, sizlarni iymondan mosuvo aylab, azobiga giriftor qiladi. Ey Paygʻambar, sizni ularga (ishlarini tekshiruvchi) vakil qilib yubormadikki, ularni iymon keltirishga majbur qilsangiz, kufrdan qaytarsangiz, ammallarini hisoblab borsangiz. Siz bor-yoʻgʻi bir yetkazib qoʻyuvchisiz. Alloh nima yetkazishni buyurgan boʻlsa, oʻshani yetkazib qoʻyasiz, xolos.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Isro • Oyat 53 Keyingi Isro • Oyat 55