U: «Menga xabar ber-chi, mendan ustun qilganing shumi? Agar meni qiyomat kunigacha qo`yib qo`ysang, uning zurriyotining ozginasidan boshqasini jilovlab olaman», dedi. Isro 17:62 ⧉
Tafsir:
Iblis Parvardigoriga dedi: "Ayt-chi, shu Odamni mendan afzal koʻrib, unga sajda qilishni buyuryapsanmi? Agar meni dunyo turguncha tirik qoldirsang, uning avlodini egallab olaman va sening toʻgʻri yoʻlingdan ozdiraman. Faqat Oʻzing himoya qilgan oz sonli muxlis bandalaringgina bundan mustasno.