Ulardan kimiga kuching yetsa, ovozing ila qo`zg`at, ularning ustiga otliq va piyoda askaringni tort, ularga mollarda va bolalarda sherik bo`l va va'dalar qil», dedi. Shayton ularga g`ururdan boshqani va'da qilmas. Isro 17:64 ⧉
Tafsir:
Qaysi biriga kuching yetsa, uni gunohga chaqiradigan pichir-pichiring bilan yoʻldan ozdir. Ularning ustiga otliq va piyoda lashkaringni tortib bor. Ularga mol-davlatlarida sheriklik qilib, shariatga zid ishlarni chiroyli qilib koʻrsat. Bolalari borasida ham sheriklik qilib, zinoga unda, yolgʻonga chaqir, Allohdan boshqaga bandalik qilishga chorla hamda ularning qoʻynini yolgʻon vadalar va puch orzular bilan toʻldir. Shayton faqat va faqat yolgʻon vadalar beradi, xolos.