Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo`ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko`tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O`zimiz yaratgan ko`p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo`ydik. Al-Isra 17:70 ⧉
Tafsir:
Biz Odam bolalarini azizu mukarram aylab, unga aql berdik va otalariga farishtalarni sajda qildirdik. Uning ostiga quruqlikda ot-ulovni berib qoʻygan boʻlsak, dengizda kemalarni ato etdik. Unga pok yeyimliklar, ichimliklar va juftlar kabi nematlarni inom ayladik. Ularni juda koʻp maxluqotlarimizdan oʻta afzal qildik. Bas, ular Alloh ato etgan bu nematlarga shukr qilsinlar.