Bu sendan oldin yuborgan Payg`ambarlarimizning sunnatidir. Bizning sunnatimizga o`zgartirish topa olmaysan. Isro 17:77 ⧉
Tafsir:
Sizni chiqarib yuborganlaridan keyin oʻzlari ham uzoq qolmasliklari Alloh taoloning paygʻambarlar borasidagi umumiy qonuniyatidir. Qaysi bir paygʻambarni qavmi quvib yuborgan boʻlsa, ortidan ularga Allohning azobi ingan. Ey Paygʻambar, siz qonuniyatimizga oʻzgartirish kirita olmassiz. U umumiy va barqarordir.