Biz Qur'onni mo`minlar uchun shifo va rahmat o`laroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas. Isro 17:82 ⧉
Tafsir:
Biz Quronni qalblarni jaholat, kufr, shak-shubha kabi illatlardan davolaydigan, shifo beradigan malham qilib hamda unga amal qiladigan moʻminlar uchun rahmat boʻladigan orom qilib nozil qilurmiz. Quron kofirlarga halokatdan boshqa narsani ziyoda qilmas. Chunki ular Quronni eshitganlari sayin gʻazabga toʻlib, uni yolgʻonga chiqarib, undan yuz oʻgirib boraveradilar.