Va sendan ruh haqida so`rarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt. Isro 17:85 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ahli kitoblardan boʻlgan kofirlar sizdan ruhning mohiyati haqida soʻraydilar. Ayting: "Ruhning mohiyatini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi". Sizlarning ilmingiz ham, hamma maxluqotlarning ilmi ham Allohning ilmi oldida hech narsadir.