Sen: «Men ham sizlarga o`xshagan basharman. Menga, shubhasiz, ilohingiz bitta iloh ekani vahiy qilindi. Bas, kim Robbiga ro`baro` kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin va Robbi ibodatiga birontani sherik qilmasin», degin. Al-Kahf 18:110 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar ayting: "Men ham sizlar kabi bir insonman. Menga vahiy qilinmoqdaki, chin mabudingiz (ilohlikda) yagona mabuddir. Uning sherigi yoʻqdir. U Allohdir. Kim Parvardigoriga roʻbaroʻ boʻlishdan qoʻrqsa, shariatga toʻgʻri keladigan yaxshi amalni ixlos bilan qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda U Zotga hech kimni sherik qilmasin".