Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Kahf — Oyat 16 (Oʻzbekcha) — Video

Kahf • Oyat 110 dan 16 • Oʻzbekcha


وَإِذِ اعْتَزَلْتُمُوهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ إِلَّا اللَّهَ فَأْوُوا إِلَى الْكَهْفِ يَنْشُرْ لَكُمْ رَبُّكُمْ مِنْ رَحْمَتِهِ وَيُهَيِّئْ لَكُمْ مِنْ أَمْرِكُمْ مِرْفَقًا 16
Tarjima:
«Modomiki, ulardan va ular ibodat qilayotgan, Allohdan boshqa narsadan uzoqlashmoqchi bo`lsangiz, kahfdan panoh joy olingiz. Robbingiz sizga O`z rahmatini taratur va sizga ishingizda osonlik yaratur», dedilar. Kahf 18:16
Tafsir:
Modomiki, qavmingizdan ham, ular ibodat qilayotgan Allohdan boshqa mabudlardan ham yuz oʻgirgan ekansizlar, bas, diningizni himoya qilish uchun gʻordan panoh izlanglar. Shunda Parvardigoringiz sizlarga rahmatini keng qilib, sizlarni dushmanlaringizdan himoya qiladi va sizlarga ishlaringizda qulaylik yaratib, qavmingiz orasidagi hayotingizning oʻrnini toʻldirib qoʻyadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Kahf • Oyat 15 Keyingi Kahf • Oyat 17