Zinhor bir narsani: «Buni ertaga albatta qilguvchiman», dema. Kahf 18:23 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ertaga qilmoqchi boʻlgan biron ishingiz haqida: "Shu ishni ertaga albatta qilaman", deya koʻrmang. Chunki siz uni qila olishingiz yoki qila olmay qolishingizni bilmaysiz. Bu gap hamma musulmonlarga qaratilgandir.