Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Kahf — Oyat 26 (Oʻzbekcha) — Video

Kahf • Oyat 110 dan 26 • Oʻzbekcha


قُلِ اللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثُوا ۖ لَهُ غَيْبُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ أَبْصِرْ بِهِ وَأَسْمِعْ ۚ مَا لَهُمْ مِنْ دُونِهِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا يُشْرِكُ فِي حُكْمِهِ أَحَدًا 26
Tarjima:
«Ularning qancha qolganlarini Alloh yaxshi bilguvchidir. Osmonlaru yerning g`aybi Unga xosdir. U naqadar yaxshi ko`rguvchi va yaxshi eshitguvchi Zotdir. Ularga Undan o`zga do`st yo`qdir. Va U O`z hukmida hech kimni sherik qilmas», degin. Kahf 18:26
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Ular gʻorda qancha turganlarini Alloh bilguvchiroq. Bu haqda bizga xabar bergan. U Zot aytganidan keyin boshqaning gapi bekor. Osmonlarda boʻlsin, yerda boʻlsin, qanday maxfiy, yashirin narsalar boʻlsa, hammasini U Zot yaratgan, hammasini U Zot biladi. Koʻrish bobida ham, eshitish bobida ham yagonadir. Hamma narsani koʻradi, hamma narsani eshitadi. Ular uchun Allohdan oʻzga doʻst yoʻqdir. Alloh Oʻz hukmida hech kimni oʻziga sherik qilmas. Hukm bobida U yagonadir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Kahf • Oyat 25 Keyingi Kahf • Oyat 27