Qiyomat qoim bo`lmasa kerak, deb o`ylayman. Agar Robbimga qaytarilsam ham, albatta, bundan yaxshi oqibatni topaman», dedi. Kahf 18:36 ⧉
Tafsir:
"Qiyomat boʻladi, deb oʻylamayman. Bu hayot davom etaveradi. Qiyomat boʻlgan taqdirda ham Parvardigorimga qaytarilsam, bu bogʻdan ham yaxshirogʻiga erishaman. Shu dunyoda boy boʻlishim oʻlganimdan keyin ham boy boʻlishimni taqozo etadi".