Va uning mevasi (halokat-la) o`raldi. O`zi esa, unga sarf qilgani hasratidan chapak chalib, bog`ida ishkomlar yiqilib yotganini ko`rib: «Qani endi Robbimga hech kimni sherik qilmaganimda», deb qolaverdi. Kahf 18:42 ⧉
Tafsir:
Moʻminning aytgani boʻldi. Kofirning bogʻi zavol topib, mevalari quridi. Bechora kofir uni obod qilish uchun sarflagan pullariga achinib, hasratu nadomat girdobida qoldi. Uzumlarni ushlab turadigan soʻritoklar yiqilib, bogʻ payhon boʻlib, vayronaga aylandi. Shundan soʻng kofir: "Yolgʻiz Parvardigorimga iymon keltirib, U Zotga hech kimni sherik qilmaganimda qani edi", deb qoldi.