Odamlarni ularga hidoyat kelganida iymon keltirishlaridan va Robbilariga istig`for aytishlaridan faqatgina avvalgilarning sunnati kelishini yoki ochiq azob kelishini kutishlari to`sdi, xolos. Al-Kahf 18:55 ⧉
Tafsir:
Sarkash kofirlarning Muhammad alayhissalom olib kelgan risolatga iymon keltirishlariga va Parvardigorlaridan magʻfirat soʻrashlariga nima monelik qildi? Ularga yetarlicha bayon qilinmaganimi? Aslo! Quronda ularga turli xil misollar, yorqin hujjatlar keltirildi. Ularni hidoyatdan sarkashlik bilan oldingi ummatlarga kelgan azobni oʻz koʻzlari bilan koʻrishni talab qilib turib olishlari toʻsdi, xolos.