Ular bu so`zga iymon keltirmasalar, ehtimol, ularning ortidan taassuf ila o`zingni halok etmoqchi bo`larsan?! Al-Kahf 18:6 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ular Quronga ishonmasalar, afsus-nadomat chekib, ularning ortidan oʻzingizni oʻzingiz xarob qilasiz, shekilli. Unday qila koʻrmang. Ularni hidoyat qilish sizning vazifangiz emas. Sizning burchingiz yetkazib qoʻyish, xolos.