Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilar. Biz unga O`z dargohimizdan rahmat va O`z tarafimizdan ilm o`rgatgan edik. Kahf 18:65 ⧉
Tafsir:
Baliqni yoʻqotib qoʻygan joyga kelishgach, Bizning solih bandalarimizdan birini uchratdilar. (U Xizr alayhissalom edi). Biz unga Oʻz tarafimizdan bir rahmatni ato etganmiz va Oʻz huzurimizdan bir ilmni oʻrgatganmiz. U bilgan ilmni odamlar bilmaydilar. Mana shu qissa shu haqdadir.