Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Kahf — Oyat 82 (Oʻzbekcha) — Video

Kahf • Oyat 110 dan 82 • Oʻzbekcha


وَأَمَّا الْجِدَارُ فَكَانَ لِغُلَامَيْنِ يَتِيمَيْنِ فِي الْمَدِينَةِ وَكَانَ تَحْتَهُ كَنْزٌ لَهُمَا وَكَانَ أَبُوهُمَا صَالِحًا فَأَرَادَ رَبُّكَ أَنْ يَبْلُغَا أَشُدَّهُمَا وَيَسْتَخْرِجَا كَنْزَهُمَا رَحْمَةً مِنْ رَبِّكَ ۚ وَمَا فَعَلْتُهُ عَنْ أَمْرِي ۚ ذَٰلِكَ تَأْوِيلُ مَا لَمْ تَسْطِعْ عَلَيْهِ صَبْرًا 82
Tarjima:
Devorga kelsak, u shahardagi ikki yetim bolaniki bo`lib, uning ostida ikkovlarining xazinasi bor edi. Ularning otalari solih odam edi. Bas, Robbing ikkovlarining voyaga yetishini va xazinalarini chiqarib olishini iroda qildi. Bu, Allohning rahmati ila bo`ldi. Men o`zimcha qilganim yo`q. Mana shu, sen sabr qila olmagan narsaning ta'viylidir». Kahf 18:82
Tafsir:
Men devorni tiklab qoʻydim. Sen bunga ham etiroz bildirding. U shahardagi ikki yetim bolaniki edi. Devor ostida ular uchun koʻmib qoʻyilgan xazina bor edi. Bu ikki yetimning otasi solih odam boʻlgandi. Ey Muso, Parvardigoring bu bolalar balogʻat yoshiga yetib, devor ostiga koʻmilgan xazinani chiqarib olishlarini iroda qildi. Devor yiqilsa, ostida xazina koʻrinib qolgan va uni boshqa birov olib ketgan boʻlardi. Bu tadbir Parvardigoringning shu ikki goʻdakka boʻlgan marhamatidandir. Men bu ishni oʻzimcha qilmadim. Sen toqat qila olmagan ishlarning tavili mana shu.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Kahf • Oyat 81 Keyingi Kahf • Oyat 83