U: «Robbim, menga bir belgi ato qil», dedi. U zot: «Sening belging salomat holingda odamlarga uch kecha gapirmasligingdir», dedi. Maryam 19:10 ⧉
Tafsir:
Zakariyo alayhissalom dedi: "Parvardigorim, menga farishtalar olib kelgan xushxabarning roʻyobga chiqishiga dalolat qiladigan bir belgi ber". Alloh dedi: "Belging kasal boʻlmay, soppa-sogʻ boʻla turib, uch kungacha odamlarga gapira olmasligingdir".