Va ular bilan o`zi orasida to`siq olganda, Biz unga O`z ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam bo`lib ko`rindi. Maryam 19:17 ⧉
Tafsir:
U Parvardigoriga ibodat qilayotganini hech kim koʻrmasligi uchun qavmidan berkinib oldi. Shunda Biz unga Jabroil alayhissalomni yubordik. Jabroil alayhissalom unga rosmana odam suratida koʻrindi. Shunda Maryam alayhassalom, biron yomonlik qilmasa edi, degan oʻyda qoʻrqib ketdi.