Ey, Horun singlisi, otang yomon odammas va onang ham buzuq bo`lmagan edi-ku!» – dedilar. Maryam 19:28 ⧉
Tafsir:
Ey ibodat bobida Horunga oʻxshagan ayol, otang buzuq emas edi-ku! Onang ham fohisha emas edi-ku! Sen yaxshi odamlarning zurriyoti eding-ku! Qanday qilib otasiz bola tugʻding?!