Bola tutmoq Allohga hech to`g`ri kelmas. U bundan pokdir. U bir ishni istasa, unga «Bo`l!» deydi. Bas, bo`ladi. Maryam 19:35 ⧉
Tafsir:
Bola tutish Alloh shaniga loyiq ish emas. Alloh bunday nuqsondan Pokdir. U bir ishni istasa, birgina "boʻl", desa, kifoya. U ish oʻsha zahoti boʻladi. Shu qadar ulugʻ Zotning boladan Pok boʻlishi tayin.