Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Maryam — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Maryam • Oyat 98 dan 37 • Oʻzbekcha


فَاخْتَلَفَ الْأَحْزَابُ مِنْ بَيْنِهِمْ ۖ فَوَيْلٌ لِلَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ مَشْهَدِ يَوْمٍ عَظِيمٍ 37
Tarjima:
So`ngra, firqalar o`zaro ixtilofga tushdilar. Kufr keltirganlarga buyuk kundagi ko`rinishdan voy bo`lsin. Maryam 19:37
Tafsir:
Talashib-tortishadiganlar Iyso alayhissalom xususida ixtilofga bordilar va bir necha firqalarga ajraldilar. Bir guruh iymon keltirib, uning paygʻambar ekanini tan oldi. Boshqa bir guruh esa, masalan, yahudiylar unga kufr keltirdilar. Ayrim guruhlar hadlaridan oshib, uni Xudo deyishgacha bordilar. Yana bazilar uni Allohning oʻgʻli, deyishdi. Alloh bunday nuqsonlardan Pokdir. Bas, kofir boʻlgan kimsalarga ulugʻ qiyomat kuniga guvoh-hozir boʻlib, amallariga yarasha jazo oladigan paytlarida halokat boʻlgay.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Maryam • Oyat 36 Keyingi Maryam • Oyat 38