Bas, ularning ortidan bir o`rinbosarlar qoldiki, ular namozni zoye qilib, shahvatlarga ergashdilar. Bas, tezda ular yomonlikka yo`liqdilar. Maryam 19:59 ⧉
Tafsir:
Mazkur tanlangan, saralangan paygʻambarlar ortidan namozni zoye qilib, talab qilingan tarzda ado etmaydigan, koʻngil koʻchasiga yurib, zino kabi turli buzuqliklarni, gunohlarni qiladigan yomon tobelar keldi. Endi yaqinda ular yomonlikka yoʻliqurlar, jahannamga uloqtirilib, baxtiqaro boʻlurlar.